Sport | 12:55 / 28.02.2018
28113
3 daqiqa o‘qiladi

«Uzbek Tigers» - «Colombia Heroicos» jang oldidan rasmiy tadbirlar. Fotogalereya

Foto: KUN.UZ

Boks bo‘yicha «Uzbek Tigers» jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) musobaqalari doirasida VIII mavsum uchinchi jangini Kolumbiyaning «Colombia Heroicos» jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.

1 mart kuni «Universal» sport saroyida bo‘lib o‘tadigan janglar oldidan Toshkentdagi City Palace mehmonxonasida har ikkala jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Anjumanda har ikkala jamoa a'zolari ertangi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Matbuot anjumanidan so‘ng rasmiy vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi.

Ushbu bahsda quyidagi juftliklar g‘oliblik uchun ringda kurash olib borishadi:

«Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoalari o‘rtasida Toshkentda bo‘ladigan bahslarda quyidagi juftliklar jang olib borishadi.

-52 kg: Xudoynazar Fayzov — Keyber Avila 
-60 kg: Shunqor Abdurasulov — Duvan Zuleta 
-69 kg: Mahmud G‘oipov — Aleksander Rangel
- 81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Diyego Motoa
+ 91 kg: Bahodir Jalolov — Kristian Salsedo

Quyida rasmiy tadbirdan olingan fotogalereya bilan tanishib olishingiz mumkin.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Suratlar muallifi: Isroil Madrimov

Eslatib o‘tamiz, AIBA tomonidan tashkil etilgan turnirning bu yilgi bahslarida jamoalar uch mintaqaga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashmoqda. «Uzbek Tigers» istisno tariqasida Amerika mintaqasi jamoalari orasidan joy olgan. O‘zbekistonlik bokschilar guruhda «Cuba Domadores», «Colombia Heroicos» va «Caciques de Venezuela» jamoalariga qarshi bahs olib borishmoqda.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid