Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemerovoda yirik yong‘in. 4 bola halok bo‘ldi, 17 kishi bedarak yo‘qoldi
Rossiyaning Kemerovo shahri markazidagi «Zimnyaya vishnya» ko‘ngilochar dam olish markazida yirik yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 4 nafar bola halok bo‘ldi, yana 17 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.
«Bolalarning jasadlari kinoteatr zalidan topildi. Hozircha 17 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda», deyilgan manbada.
Ayni vaqtda hodisa joyida evakuatsiya ishlari olib borilgan, voqea joyida shahar favqulodda xizmat boshqarmasi xodimlari ish olib borishmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, yong‘in kinozallardan birida boshlangan. Qutqaruvchilar kelib, 200dan ortiq kishini binodan olib chiqishgan.
Yong‘in 450 kv metr maydonni qamrab olgan. Politsiya bino atrofidagi odamlar to‘planmaslikni so‘ramoqada.
Internetda tarqalgan videolardan birida yong‘in ichida qolgan binodan bir kishi o‘zini tashlaganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025