Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana g‘alaba: Uzbek Tigers’ni to‘xtatib bo‘lmadi
Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining ikkinchi jangi bo‘lib o‘tdi.
-60 k vazn toifasida ringga ko‘tarilgan «Venezuela Caciques» vakili Luis Kabrera o‘zbekistonlik Shunqor Abdurasulovga qarshi ringga ko‘tarildi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, jangda hakamlar qaroriga ko‘ra «Uzbek Tigers» vakili Shunqor Abdurasulov 2:1 g‘alaba qozondi.
Bu jangdan so‘ng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers» jamoalari o‘rtasidagi umumiy hisob 0:2 ko‘rinishini oldi.



Ma'lumot uchun, Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar O‘zbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilmoqda. Shunga qaramay, C2 jamoasi o‘yinlarining rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, C1 jamoasining barcha janglarida Uzbek Tigers bokschilari Termiz shahrida raqiblariga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida mutlaq g‘alabaga erishgandi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025