Jahon | 07:47 / 20.04.2018
6421
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu: yana olti davlat elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga tayyor

Foto: IZVeSTIYa/Pavel Bednyakov

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning ma'lum qilishicha, olti davlat o‘z elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga tayyor turibdi. Bu haqda The Times of Israel xabar bergan.

«Men shuni xabar qilishdan xursandmanki, kamida oltita davlat biz bilan o‘z elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirish haqida jiddiy gaplashdi. Gvatemalaga buni qilgani uchun rahmat. Endi sizlarning ortingizdan boshqalar ham boradi», - deya aytib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Qo‘shma Shtatlarning Isroildagi elchisini Iordan g‘arbiy sohilidagi yahudiylar turar-joylarini qo‘llab-quvvatlagani uchun «it bolasi» deb atagandi.

 

Mavzuga oid