Jismoniy tarbiya va sport vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 28 maydagi qaroriga binoan Sharifjon Fuzailovich Mo‘minjonov O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.
30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov vazirlikda o‘tgan yig‘ilishda Sharifjon Mo‘minjonovni vazirlik jamoasiga tanishtirgan hamda yangi lavozimda muvaffaqiyatlar tilagan.
Sharifjon Mo‘minjonov o‘ziga bildirilgan ishonch uchun davlat va hukumat rahbariyatiga minnatdorchilik izhor qilib, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va tajribasini ishga solishga va'da bergan.
Mavzuga oid

23:42 / 27.02.2019
Sportni ommalashtirishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi

10:05 / 22.12.2018
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sherikchilik rivojlantiriladi

10:30 / 30.11.2018
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari samarasiz sarflanayotgani tanqid qilindi

08:23 / 20.08.2018