Shahram G‘iyosov ganalik raqibini nokautga uchratdi
Rio Olimpiadasi sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov AQShning Nyu-York shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hamyurtimiz faoliyatidagi to‘rtinchi jangida ganalik Albert Mensaga qarshi ringga chiqdi.
Bokschimiz uchinchi raunddayoq raqibini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va faoliyatidagi to‘rtinchi g‘alabani tantana qildi.
Ma'lumot uchun, Shahram bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda professional faoliyati davomida to‘rtta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Ganalik Mensaning o‘tkazgan janglari soni 39taga yetdi. U janglarining 31tasida g‘alaba qozongan. Bitta bahsda durang qayd etgan. Oltita jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Bugun u faoliyatidagi ilk nokautini qabul qilib oldi.
Mavzuga oid
11:03 / 16.11.2024
Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024