Jahon | 19:20 / 07.09.2018
8912
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya, Eron va Turkiya Suriyada terrorchilarni yo‘q qilishda hamkorlikni davom ettiradi

© RIA Novosti / Mixail Klimentev

Rossiya, Eron va Turkiya Suriyada IShID va «Jibhat an-Nusra» jangarilarini butunlay yo‘q qilish maqsadida harbiy hamkorlikni davom ettiradi. Bu haqda Tehrondagi sammit yakunlari bo‘yicha deklaratsiyada bayon etilgan.

«Prezidentlar IShID, «An-Nusra», «Al-Qoida»ga aloqador guruhlar va BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan terrorchi sifatida tan olingan boshqa barcha guruhlarni butunlay yo‘q qilish maqsadidagi harbiy hamkorlikni davom ettiradi», deyilgan Eron prezidenti saytida nashr etilgan deklaratsiya matnida.

Davlatlar rahbarlari terrorizmga qarshi kurashda yuqorida nomlari qayd etilgan guruhlarning ittifoq tuzishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etishgan. Bundan tashqari, harbiy amaliyotlar davomida tinch aholi vakillarining qoni to‘kilmasligi zarurligini ta'kidlashgan.

Bugun Tehronda Rossiya-Turkiya-Eron davlatlari rahbarlari ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkazildi. Sammitning asosiy mavzusi Suriya masalasi bo‘ldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid