Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron deklaratsiyasi: Tomonlar Suriya bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishadi
Tehronda Suriya masalasida o‘tkazilgan Turkiya-Eron-Rossiya sammiti ishtirokchilarining qo‘shma bayonoti e'lon qilindi.
Bayonot uch davlat rahbari - Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Hasan Ruhoniy va Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan.
«Eron va Rossiya Suriyaning hududiy yaxlitligi putur yetkazilishi, mintaqa tinchligiga raxna soluvchi ayirmachilarga qarshi qat'iy qadamlar tashlash zarurligini qayd etishdi», - deyiladi hujjatda.
Turkiya, Rossiya va Eron Idlib bo‘yicha yondashuvlarini hamkorlik ruhida shakllantiradi.
Suriya masalasidagi kelishuv bo‘ycha kafil davlatlar prezidentlari 2017 yil yanvaridan keyin ro‘y bergan jarayonlar - bu mamlakatda zo‘ravonlik darajasi sezilarli darajada kamaygani va barqarorlikdan qoniqish hosil qilishganini bildirishgan. Siyosatchilar Suriyaning suvereniteti, mustaqilligi, yagonaligi va hududiy yaxlitligini yana bir bor qayd etishgan.
Suriyaning yaxlitligi tamoyiliga jahon hamjamiyati amal qilishining ahamiyati ta'kidlangan.
Uch siyosatchi IShID, «Front an- Nusra», «Al-Qoida» va boshqa shu kabi terrorchi guruhlarga qarshi birgalikda kurashni davom ettirishga kelishib olishgan.
Mo‘'tadil muxolifat va radikal terrorchi guruhlarni farqlagan holda harakat olib borish, tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishining oldini olish zarurligi ta'kidlangan.
Yana bir bor Suriya mojarosi qurol vositasida emas, tinch yo‘l bilan, muzokaralar va siyosiy jarayonlar orqali hal etilishi lozimligi qayd etilgan.
Prezidentlar mamlakatda tinchlikka erishish yo‘lidagi jarayonda suriyaliklarning o‘zi asosiy ishtirokchisi bo‘lishini ma'lum qilishgan. Turkiya, RF va Eron Suriya bo‘yicha Konstitutsion komitet shakllantirilishida o‘z majburiyatlarini bajarishga tayyorliklarini bildirishgan.
Mavzuga oid
22:10 / 07.09.2018
Tehron sammiti. Tomonlar Suriyada tinchlikka erishish choralari bo‘yicha kelishib olishdi
19:20 / 07.09.2018
Rossiya, Eron va Turkiya Suriyada terrorchilarni yo‘q qilishda hamkorlikni davom ettiradi
19:00 / 07.09.2018