O‘zbekiston | 14:48 / 20.09.2018
3396
2 daqiqa o‘qiladi

Shodmonov: Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish kelajak uchun bebaho investitsiyadir

Italiya poytaxti Rim shahrida o‘z ishini boshlagan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasi qizg‘in pallaga kirdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Xabar qilinishicha, sessiya doirasida so‘zga chiqqan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov respublika sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, tizimni takomillashtirish dasturi va unda belgilangan asosiy vazifalarga, shuningdek, mamlakat tibbiyotini yanada rivojlantirish maqsadida jahonning yetakchi xorijiy investorlarini jalb qilish borasidagi ishlarga e'tibor qaratdi. 

Jumladan, “Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish nafaqat bugungi kun, balki kelajak uchun ham bebaho investitsiyadir. Bu O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda ham yaqqol o‘z ifodasini topmoqda”, degan Shodmonov.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosiga a'zo 53 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston ham  mazkur tashkilot tomonidan ilgari surilgan “Salomatlik — 2020” strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan edi. 

“Salomatlik – 2020” strategiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, inson salomatligi va bo‘lajak nasllar kamolotiga salbiy ta'sir etadigan tibbiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik muammolarning oldini olishga yo‘naltirilgan yirik dastur hisoblanadi.  

So‘nggi ikki yil mobaynida O‘zbekistonda ushbu strategiyani amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid