Jahon | 14:53 / 18.12.2018
39680
2 daqiqa o‘qiladi

Samolyotning noqulay ob-havo sharoitida muvaffaqiyatsiz qo‘nishi videoga olindi

Portugaliyaning TAP Portugal aviakompaniyasi uchuvchisi samolyotni qo‘ndirishga urinib ko‘rdi, lekin kuchli shamol tufayli boshqaruvni eplay olmadi va ikkinchi aylanaga ketdi. Hodisa videosi ABC News tomonidan e'lon qilindi.

Rolikdan ko‘rish mumkinki, samolyot Manchester aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagiga yaqinlashgan, biroq kuchli shamol tufayli beqaror holatda parvoz qilgan, so‘ng shassining har ikki g‘ildiragi yerga tushgan. Uchuvchi laynerni birinchi urinishda qo‘ndira olmadi hamda ikkincha aylanaga ketdi. Oxir-oqibat samolyot muvaffaqiyatli ravishda qo‘ndirildi.

Sentabr oyida Ryanair uchuvchisi ham Dublin aeroportida Bryusseldan uchib kelgan samolyotni qo‘ndirishga harakat qilgandi, biroq so‘nggi soniyada kuchli shamol tufayli o‘z fikrini o‘zgartirgan. Rolikda samolyotning qo‘nish yo‘lagiga juda yaqin kelishi, biroq qo‘nmasdan, parvozni davom ettirishi tasvirlangan.

Mavzuga oid