Sport | 17:40 / 13.01.2019
4610
1 daqiqa o‘qiladi

Azar samaradorlik bo‘yicha faqat Messidan ortda qolmoqda

Foto: Getty Images

«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda (2:1) Villianga golli uzatma berdi.

Belgiyalik futbolchi chempionatda 20ta golda ishtirok etgan (10 gol va 10 golli uzatma). Azar bu borada Yevropadagi top-5 chempionatlarda ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etmoqda.

Birinchi o‘rinda – «Barselona» hujumchisi Lionel Messi. Uning hisobida La Liga o‘yinlarida urilgan 16 gol va 10 golli uzatma mavjud.

Bundan tashqari, Azar «Chelsi»ga kelganidan buyon ilk marta APLning bir mavsumida gol va golli paslar sonini kamida 10taga yetkazdi.

U shuningdek, 2012/13 yilgi mavsumdan buyon londonliklar jamoasining kamida 10tadan gol va golli uzatma muallifi bo‘lgan ilk futbolchisidir, oxirgi marta bunday ko‘rsatkich Xuan Mata tomonidan qayd etilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid