Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Kubogi. Xitoy yarim finalga chiqa olmadi, Marchello Lippi iste'foga chiqdi
Italiyalik mutaxassis Marchello Lippi Osiyo Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan Eronga (0:3) qarshi o‘yindan so‘ng, lavozimini tark etishini aytdi.
«Bu o‘yindan keyin Xitoy terma jamoasi bilan imzolagan shartnomam muddati nihoyasiga yetdi. Men bor kuchimni sarflab ishladim, terma jamoa ancha kuchaydi. Barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Eronga qarshi o‘yinda 2ta golni o‘zimiz sovg‘a qildik. Bu o‘yinda xato qilmasligimiz lozim edi. Chunki bu raqibga gol urish juda mushkul. Bu og‘ir o‘yin bo‘lishi mumkin, ammo bunday hisobda yutqazmasligimiz shart edi. Menimcha, biz Osiyo Kubogida yaxshi natijaga erishdik, barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman», - dedi Lippi matbuot anjumanida.
Italiyalik mutaxassis Xitoy terma jamoasida 2016 yildan buyon ishlab kelayotgandi. Lippi Italiya terma jamoasi bilan 2006 yilda jahon chempioni bo‘lgan, «Yuventus» bilan Italiya chempionatida va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Lippi Italiya termasida qatorasiga mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi qayd etib (31 o‘yin) rekord o‘rnatgan.
Osiyo Kubogi doirasida bungacha ikki murabbiy lavozimini tark etgandi. A guruhida ishtirok etgan Tailand terma jamoasi birinchi turda Hindiston terma jamoasidan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan (1:4) keyin bosh murabbiy Milovan Rayevatsni iste'foga chiqardi. Tailandliklar keyingi ikki o‘yinda kerakli natija ko‘rsatib, nimchorak finalga yo‘l oldi.
Saudiya Arabistonini chorak finalga olib chiqolmagan murabbiy Xuan Antonio Pitssi ham nimchorak finalda Yaponiyaga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat qayd etilgan o‘yindan keyin iste'fo berdi.
Mavzuga oid
21:35 / 22.10.2020
Marchello Lippi murabbiylik faoliyatini yakunladi
16:36 / 24.05.2019
Lippi Xitoy milliy jamoasiga qaytdi
21:43 / 30.08.2017
Marchello Lippi: Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyatlar O‘zbekistonda yaxshiroq
17:54 / 22.10.2016