Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 01:25 / 05.02.2019
2287
3 daqiqa o‘qiladi
Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari nimalarga sarflanadi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. Farmonga ko‘ra O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi. Shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan holda O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzilmoqda. Prezident farmoni bilan mazkur jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga sarflanishi belgilanmoqda:
- davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, o‘zbek adabiyotini ommalashtirish, axborot-kutubxona muassasalarining kitob fondini rivojlantirish, nashriyotlarning o‘quv va adabiy materiallari kasbiy va badiiy saviyasini oshirish bo‘yicha loyiha va dasturlarni moliyalashtirish;
- xorijda O‘zbekistonning ijobiy imijini targ‘ib etish, axborot kampaniyalarini o‘tkazish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, yaratilgan qulay sharoitlar va ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi to‘g‘risida, avvalo, xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targ‘ibot olib borish va ularni keng xabardor qilish;
- jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa korxonalari va axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini, shu jumladan, mamlakatimizdan va xorijdan mutaxassislar jalb etish, xorijda o‘quv stajirovkalarini tashkil etish orqali tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish;
- Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy va ta'lim muassasalari, yetakchi xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlarini, shuningdek, jumladan xorijiy mutaxassislarni maslahatchi sifatida jalb etish bo‘yicha xarajatlarni qoplash.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
10:03 / 26.03.2021
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi
15:42 / 31.01.2020
Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi
00:00 / 09.02.2019
Allamjonov rasman Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari
01:22 / 05.02.2019