O‘zbekiston | 20:21 / 07.03.2019
3294
2 daqiqa o‘qiladi

“Chorvoq” erkin turistik zonasi va “Xiva” temir yo‘l stansiyasida xavfsizlikni ta'minlash bo‘linmalari tashkil etiladi

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasida xavfsiz turizmni ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga muvofiq, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tuzilmalarida xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalarini tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tarkibida “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida xizmat olib boruvchi tegishli bo‘linmani ushbu hududdagi tabiiy omillarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etish;

xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalarining to‘laqonli faoliyatini ta'minlash maqsadida, faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish;

shaxsiy tarkibni tanlov asosida, xorijiy tillarni biladigan malakali mutaxassislar bilan jamlash.

Shuningdek, “Yo‘l xaritasi”da Xiva shahrining turistik salohiyatini inobatga olgan holda, Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasining o‘z shtat birliklari hisobidan yangi qurilgan “Xiva” temir yo‘l stansiyasida xavfsizlikni ta'minlash bo‘linmasini shakllantirish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining “Transport va turizm obektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid