Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari planshetlar, maxsus transport vositalari va dronlar bilan ta'minlanadi
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasida xavfsiz turizmni ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”siga muvofiq, ichki ishlar organlari xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari quyidagilar bilan ta'minlanadi:
• xavfsiz turizmni ta'minlash vazifalarini bevosita joylarda bajaradigan bo‘linmalarning xodimlarini elektron tarzda tarjima qiluvchi dasturiy ta'minotlar va axborot tizimlarining ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beradigan personal planshetli kompyuterlar;
• turistlar gavjum joylarda ularning xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish jarayonida vaziyatni kuzatish imkonini beruvchi maxsus vositalar bilan jihozlangan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtobuslar;
• turistik obektlar, o‘tish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlar va suv havzalari obektlari hududida patrullik qilish uchun mo‘ljallangan, shuningdek turistlar va turistik guruhlarni kuzatib olib yurish uchun mo‘ljallangan transport vositalari;
• turistlar ishtirokidagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida vujudga kelayotgan vaziyatni kuzatib turish hamda turistik zonalarning o‘tish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlaridagi vaziyatni o‘rganish uchun videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti “Transport va turizm obektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi.
Mavzuga oid
13:33 / 18.12.2024
O‘zbekiston savdoni osonlashtirish bo‘yicha milliy "yo‘l xaritasi"ni imzoladi
07:57 / 08.06.2020
Bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtiriladi va jadallashtiriladi, kontrabandaga qarshi kurash kuchaytiriladi
11:34 / 16.05.2019
Atom energetikasi sohasida amalga oshiriladigan ishlarga doir "yo‘l xaritasi" imzolandi
20:40 / 07.03.2019