O‘zbekiston | 20:40 / 07.03.2019
3269
2 daqiqa o‘qiladi

Olti viloyatda turistik namoyishi obektlari va infratuzilmasi hududlarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha alohida guruhlar tashkil etiladi

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasida xavfsiz turizmni ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi”da belgilanishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat asosida ichki ishlar organlarining o‘z shtat birliklari hisobidan O‘zbekiston IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus otryadlari tuzilmasida turistik namoyishi obektlari va infratuzilmasi hududlarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha alohida guruhlar tashkil etiladi.

Alohida guruhlar 4-5 nafar xodimdan iborat bo‘ladi.

Bundan maqsad, turistlar xavfsizligini terroristik tahdidlardan himoya qilishni tizimli ta'minlashdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining “Transport va turizm obektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 apreldan boshlab yuridik shaxs tashkil etmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida Xavfsiz turizmni ta'minlash jamg‘armasi tashkil etilishi xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid