O‘zbekiston | 15:36 / 19.03.2019
34447
3 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga yangi texnika va qurol-aslahalar topshirildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 19 mart kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini 2018—2021-yillarda harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan butlash, ularni ta'mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq yangi harbiy texnikalar qo‘shinlarga foydalanish uchun yo‘l oldi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tantanali tadbirda O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi vakillari hamda harbiy texnikalarni qabul qilgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jami ikki yuzga yaqin harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari keyingi foydalanish uchun tantanali ravishda qo‘shinlarga topshirildi. Ular orasida yuk, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, harbiy xizmatchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan harbiy transport texnikalari mavjud.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, Qurolli Kuchlarimiz qo‘shinlarining qudrati va salohiyatini oshirish, qolaversa harbiylarimiz ko‘nikmasini yanada mustahkamlash maqsadida qo‘shinlarni yangi, zamonaviy, bugungi kun talablariga javob beradigan qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan ta'minlash ishlari jadal davom etmoqda. Bugun sizlarga topshirilayotgan harbiy texnikalar qilayotgan ishlarimizning bir qismi, debochasi hisoblanadi. Hali bundanda zamonaviy zirhli texnikalar, o‘q-dorilar hamda havo hujumidan mudofaa vositalari bilan ta'minlashni reja qilganmiz. Harbiy xizmatchilarimiz ushbu texnikalardan oqilona va samarali foydalanish bilan bir qatorda ularni doimo jangovar shay holda saqlashiga umid bildiraman», — deydi mudofaa vaziri o‘rinbosari O. Ismoilov.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasida qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan ta'minlash hamda mustaqil mudofaa-sanoat majmuasini yaratish ko‘zda tutilgan edi.

Mavzuga oid