O‘zbekiston | 15:17 / 10.06.2019
28499
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Dushanbega boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga a'zo davlatlar rahbarlarining beshinchi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda «AP» xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Dushanbe sammitida qatnashish uchun 12 davlat – Xitoy, Rossiya, Eron, Ozarboyjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Bangladesh, Shri-Lanka prezidentlari Tojikistonga tashrif buyuradi. 

Kengashga a'zo yana 15 davlatning bosh vazir, vazir o‘rinbosarlari va tashqi ishlar vazirlari sammitda ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, sammitda ishtirok etishdan tashqari, barcha delegatsiyalar rahbarlarining qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid