Jamiyat | 10:41 / 04.06.2020
14142
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida yangi kasallanish holatlari Zarafshon shahri aholisi orasida qayd etilgan

Navoiy viloyati bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar umumiy ro‘yxatda 179 nafarni tashkil etadi.

Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining ma'lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar umumiy ro‘yxatda 179 nafar ekanligi qayd etilmoqda

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda koronavirusga chalingan 83 nafar bemor Zarafshon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, NKMK Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 3 - sonli TSQ “Terapiya” bo‘limida hamda Konimex tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonalarida davolanmoqda.

Bildirilishicha, kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Navoiy viloyatidan ekanligi bo‘yicha ma'lumot berildi. Ushbu bemorlarning barchasi Zarafshon shahri fuqarolari ekanligi ma'lum bo‘ldi. 

Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan.

“Shunday ekan, karantin talablariga rioya eting. O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini xavfga quymang. Uyda qoling”, - deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid