TikTok'dagi video tufayli toshkentlik haydovchining mashinasi jarima maydonchasiga qo‘yildi
Tekshiruv davomida davlat raqamidagi pardachadan tashqari yorituvchi moslamalardan foydalanish qoidalari ham buzilganligi qayd etildi.
TikTok ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari foydalanuvchilardan birining videosiga e'tibor qaratishdi, deb yozmoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, video muallifi do‘stlariga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardachani “namoyish” qilgan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur Lacetti rusumli avtomobilning turar joyi va haydovchisi – poytaxtda yashovchi 36 yoshli S.A. ekanligi aniqlandi.
Tekshiruv davomida davlat raqamidagi pardachadan tashqari yorituvchi moslamalardan foydalanish qoidalari ham buzilganligi qayd etildi. Ikki nafar xolislar ishtirokida o‘rnatilgan moslamalar yechilgan.
Avtomobil jarima maydonchasiga joylandi, haydovchiga nisbatan ma'muriy jarima belgilandi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

23:52 / 04.04.2025
Tramp TikTokʼning AQShdagi faoliyatini yana 75 kunga uzaytirishini ma’lum qildi

23:40 / 02.04.2025
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi

18:11 / 27.03.2025