AQShda TikTok va WeChat ilovalarini yuklab olish taqiqlandi
Manbalarning ta'kidlashicha, Apple va Google kompaniyalari mamlakat hududidagi platformalaridan Xitoy ilovalarini o‘chirishga majbur bo‘ladi.

Foto: globallookpress.com
AQShda TikTok va WeChat ilovalarini yuklab olish taqiqlandi, deb xabar berdi Reuters mamlakat savdo vazirligidagi manbalariga tayanib.
Endilikda AQSh hududida yashaydigan foydalanuvchilar TikTok yoki WeChat yangilanishlarini yuklab ololmaydi. Manbalarning ta'kidlashicha, hukumat foydalanuvchilarni ilovalarni telefonlaridan o‘chirishga majbur qilmaydi, ammo Apple va Google kompaniyalari mamlakat hududidagi platformalaridan Xitoy ilovalarini o‘chirishga majbur bo‘ladi.
Shu bilan birga, Amerika kompaniyalariga Xitoy hududida WeChat orqali biznes yuritishga ruxsat beriladi. Agarda TikTok Vashington bilan aktivlarni bo‘lishish borasida kelishuvga erishsa, ilova AQSh hududida bloklanmaydi.
Aktivlarni bo‘lishish TikTok’ning Amerika kompaniyasiga sotilishini anglatadi. Microsoft avgustda Xitoyning ByteDance kompaniyasidan ushbu ilovani sotib olmoqchi ekanligini bildirgandi.
Mavzuga oid

00:42
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

23:52 / 04.04.2025
Tramp TikTokʼning AQShdagi faoliyatini yana 75 kunga uzaytirishini ma’lum qildi

23:40 / 02.04.2025