2020 yilning eng ommaviy mobil dasturlari ma'lum qilindi

Foto: Dreamstime
App Annie kompaniyasi tahlilchilari 2020 yilning eng ommaviy mobil dasturlari reytingini e'lon qilishdi. Reyting yetakchilari orasida TikTok, Tinder va Facebook dasturlari bor.
Dasturlar yuklab olinishi, foydalanuvchilarning dasturga sarflagan mablag‘lari, dastur auditoriyasining faolligi bo‘yicha toifalarga bo‘lingan.
Reytingga ko‘ra, TikTok dasturi 2020 yilda eng ko‘p yuklangan dastur bo‘lgan. Tahlilchilar 2021 yilda videolar bilan bo‘lishishga ixtisoslashgan ijtimoiy tarmoqning faol foydalanuvchilari soni milliarddan oshishini aytishmoqda.
Shuningdek, yuklab olinish bo‘yicha yetakchi beshtalikka Facebook, WhatsApp, Zoom va Instagram dasturlari kirgan.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar 2020 yilda tanishuvlar dasturi Tinder’ga eng ko‘p mablag‘ sarflashgan, Facebook esa eng faol foydalanuvchilarga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid

00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi

17:53 / 07.05.2025
AQSh sudi Pegasus josuslik dasturini yaratgan Isroil kompaniyasini 170 mln dollar jarimaga tortdi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

23:52 / 04.04.2025