Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy antimonopoliya boshqarmasi Alibaba Group’ga nisbatan surishtiruv boshladi
Alibaba Group Holding Ltd shartnomalar bo‘yicha eksklyuziv kelishuvlar tuzish va boshqa qonunbuzishlarda gumon qilinmoqda.
Xitoy bozorlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Alibaba Group’ga nisbatan antimonopol surishtiruv boshladi.
“Bugun bozorlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Alibaba Group monopolistik harakatlarda gumonlanib, unga nisbatan surishtiruv boshlangani to‘g‘risida xabardor qildi. Alibaba surishtiruv bo‘yicha faol hamkorlik qiladi. Kompaniya hozirda odatdagi tartibda ishlamoqda”, — deyiladi kompaniyaning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida.
Alibaba Group Holding Ltd shartnomalar bo‘yicha eksklyuziv kelishuvlar tuzish va boshqa qonunbuzishlarda gumon qilinmoqda. Hongkong fond birjasida kompaniya aksiyalari narxi 8,1 foizga pasaydi.
Avvalroq Xitoy hukumati Alibaba asoschisi Jyek Maga mamlakatni tark etmaslikni tavsiya qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Alibaba Xitoydagi eng yirik elektron tijorat platformalariga ega.
Mavzuga oid
13:49 / 30.01.2025
Alibaba DeepSeek’dan ustun sun’iy intellekt ishlab chiqqanini ma’lum qildi
20:31 / 03.05.2022
Ma ismli shaxs hibsga olingani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Alibaba aksiyalari narxi tushib ketdi
14:12 / 26.10.2021
Xitoylik bloger 12 soatlik jonli efir chog‘ida 340 mln dollar ishlab topdi
22:43 / 25.10.2021