O‘zbekiston | 15:52 / 18.01.2021
2931
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi milliy tabiat bog‘i va davlat qo‘riqxonasi tashkil etiladi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning hududlarida ekoturizmni rivojlantirish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda 2021 yildagi davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

  • “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘i, “Oqtog‘ (Tomdi)” davlat qo‘riqxonasi tashkil etish;
  • “Janubiy Ustyurt”, “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lari, Sudoche-Akpetki davlat buyurtma qo‘riqxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ekoturizmni rivojlantirish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2021 yil 1 dekabr, mas'ullar - Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qo‘mitasi qoshidagi Kadastr agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid