O‘zbekiston | 10:08 / 09.04.2021
21284
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Kunlik holatlar soni yil boshidan buyon ilk bor 200dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda koronavirus qayd etilish ko‘rsatkichlari yil boshidan beri ilk marta 200 nafardan oshgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 8 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84529 (+207) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 3 nafari Buxoro viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 18 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 3 nafari Xorazm viloyatida,
- 29 nafari Toshkent viloyatida,
- 139 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
- Buxoro viloyatida 6 nafar,
- Jizzax viloyatida 1 nafar,
- Namangan viloyatida 5 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
- Toshkent viloyatida 22 nafar,
- Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82415 (+181) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1480 nafar bemor davolanmoqda, shundan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022