Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda ikkita xonadon zarar ko‘rdi
Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda fuqarolardan birining uy-joyi yonib ketgan. Olov qo‘shnining uyiga ham zarar yetkazgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, viloyat FVBga Samarqand shahar «Bog‘ibaland» MFY, Xo‘ja Isoqi Valiy ko‘chasi 1-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar 22 iyun kuni soat 00:52da kelib tushgan. Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomashinasi jalb etilgan.
Hodisa oqibatida fuqarolardan biriga tegishli uyning 248 metr kvadrat maydonida tom va shift qismi hamda qo‘shni uyning 30 metr kvadrat maydonida tom qismi yonib ketgan. Yong‘in soat 01:55da o‘rab olinib, soat 02:53da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan uylarning taxminan 300 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan va vafot etmagan. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, yong‘indan zarar ko‘rgan xonadonlar aka-ukalarga tegishli bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025