O‘zbekiston | 19:33 / 27.06.2021
915
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiotadagi yog‘ ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan yog‘ ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 27 iyun kuni soat 14-37larda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zangiota tumanida joylashgan «KASBI YoG‘» MChJga qarashli korxonaning tom qismida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar bo‘yicha soat 14:43da boshqarma yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Soat 15:28da yong‘in o‘rab olingan va soat 16:05da u batamom o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, olib borilgan amaliy ishlar natijasida korxonaning asosiy qismi yong‘indan saqlab qolingan. 
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid