O‘zbekiston | 10:26 / 28.06.2021
5405
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish 500ga yaqin, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 469 kishida kasallik qayd etilib, 800ga yaqin bemor tuzalgani, yana ikki bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 27 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 109692 (+469) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 13 nafari Andijon viloyatida,
  • 17 nafari Buxoro viloyatida,
  • 35 nafari Jizzax viloyatida,
  • 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 26 nafari Namangan viloyatida,
  • 58 nafari Samarqand viloyatida,
  • 13 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 39 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 48 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 30 nafari Xorazm viloyatida,
  • 39 nafari Toshkent viloyatida,
  • 103 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 25 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
  • Navoiy viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 17 nafar,
  • Samarqand viloyatida 111 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 36 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent viloyatida 33 nafar,
  • Toshkent shahrida 518 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 105780 (+774) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 731 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3181 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid