Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Samarqand yo‘nalishida Afrosiyob poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida Afrosiyob poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 30, 31 avgust hamda 1 sentabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlari orasida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Jumladan, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi 764/763-sonli Afrosiyob yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, 764-sonli Afrosiyob tezyurar poyezdi 30, 31 avgust hamda 1 sentabr kunlarida Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan 08:30da jo‘naydi. 763-sonli Afrosiyob tezyurar poyezdi Samarqand temir yo‘l vokzalidan 17:00da harakatlana boshlaydi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.01.2024
«Afrosiyob», «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» poyezdlari chipta narxi oshadi
15:03 / 29.08.2022
Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi tezyurar poyezdlarda 4G tarmog‘i ishlay boshladi
16:09 / 09.12.2021
Toshkent–Buxoro yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdlari qatnovi bittaga ko‘payadi
15:06 / 01.10.2021