Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand yana bir xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi
Foto: Senat.uz
2022 yilda Samarqandda Jahon mamlakatlari parlamentlari ayol spikerlarining sammitini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 13 oktabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan uchinchi Yevrosiyo ayollar forumining “Tinchlik va ishonch diplomatiyasini rivojlantirishda ayollar missiyasi” deb nomlangan yalpi majlisida ishtirok etgan.
Majlisda Ozarboyjon, Bangladesh, Vetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gabon, Mozambik, Mo‘g‘uliston, Moldova, Nikaragua, Tojikiston, Turkmaniston, Zimbabve va Eron kabi jami 110 ta mamlakatning 350 ga yaqin delegati, ijro etuvchi hokimiyat vakillari, xalqaro va nodavlat tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, ishbilarmon doiralar, jamoat va akademik tashkilotlar vakillari ishtirok etgan.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning asosiy natijalari, siyosiy tashabbuslar, shuningdek, mamlakatda xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari haqida ma'ruza qilgan.
T.Norboyeva O‘zbekiston tomoni xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni xalqaro hamjamiyatda targ‘ib qilish bo‘yicha tajriba almashishga va boshqa davlatlarning bu boradagi ilg‘or amaliyotini o‘rganishga tayyorligini bildirgan.
Qayd etilishicha, majlis ishtirokchilari 2022 yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Jahon mamlakatlari parlamentlari ayol spikerlarining navbatdagi 14-sammitiga taklif etilgan.
Mavzuga oid
17:07 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga chaqirdi
10:02 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Qozog‘istonga tashrif buyuradi
07:37 / 10.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida 140 davlatdan 2000 ga yaqin delegat qatnashdi
14:13 / 06.04.2025