Jamiyat | 14:13 / 29.10.2021
15806
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda kuzgi ta'til 4 noyabr kuni boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari kuzgi ta'til doirasida olti kun dam olishadi.

Xalq ta'limi vazirligi maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta'til 4 noyabrdan boshlanishini ma'lum qildi.

«Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuni kuzgi ta'tilning ilk kuni sanaladi.

Ta'til 6 kalendar kun, ya'ni 9 noyabrgacha davom etadi

II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli 2020/2021-o‘quv yili mavsumining katta qismida masofadan o‘qish amalda bo‘ldi, 2021/2022-o‘quv yilida maktablarda 6 sentyabrdan darslar to‘liq an'anaviy tarzda boshlangan. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid