Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denovda qariyb 13 million so‘mlik giyohvandlik moddasi savdosiga chek qo‘yildi
Denovda 37 dona gugurt qutisiga joylangan marixuanani qariyb 13 million so‘mga sotayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 22 oktabr kuni soat 19:20 larda, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Denov tumani Shamoli mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi K.S. o‘z boshqaruvidagi «Damas» mashinasida mijozga 37 dona gugurt qutisida bo‘lgan sof vazni 113.03 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 12 million 950 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Undan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, joriy yil 25 oktabr kuni K.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi
11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi
10:23 / 10.04.2025
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi
15:42 / 09.04.2025