Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda davlat raqami taqilmagan mashinadan giyohvand moddalar topildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida davlat raqami taqilmagan shubhali mashinadan marixuana giyohvand moddasi topilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 29 oktabr kuni soat 22:00 larda Denov tumani Mehnatobod mahallasi hududida yo‘l chetida davlat raqami taqilmagan holda turgan Nexia rusumli mashina tuman IIB xodimlariga shubhali ko‘rinadi.
Shundan so‘ng mashina va uning haydovchisi tuman IIB binosiga olib kelingan va tegishli tartibda tekshirilgan. Tekshirish jarayonida haydovchi, Denov tumanida yashovchi L.Sardorning sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, u yerda 6 dona gugurt qutisiga joylangan 37.03 gramm og‘irlikdagi marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, joriy yil 4 noyabr kuni L.Sardorga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi
11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi
10:23 / 10.04.2025
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi
15:42 / 09.04.2025