Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft rahbari kompaniyadagi ulushining yarmini sotdi
Tahlilchilar bu Vashington shtati yiliga 250 ming dollardan ortiq kapitalga soliq joriy etishni rejalashtirayotgani bilan bog‘liq degan fikrda.
Microsoft bosh direktori Satya Nadella o‘ziga tegishli kompaniya aksiyalarining yarmini sotdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Qayd etilishicha, Nadella ikki kun ichida 1,7 mln dona aksiyasidan 838 ming 584 donasini 285 mln dollarga sotgan.
Tahlilchilar bu Vashington shtati yiliga 250 ming dollardan ortiq kapitalga soliq joriy etishni rejalashtirayotgani bilan bog‘liq degan fikrda.
Bu Nadella uchun eng yirik aksiya sotuvi hisoblanadi, deb yozadi InsiderScore. InsiderScore direktori Ben Silvermanning fikricha, eng boy odamlar aksiyalarini sotish orqali soliq kodeksidagi o‘zgarishlardan ilgarilab ketmoqda. U noyabr boshida aksiyalarini sotishni boshlagan Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskni bunga misol qilib keltirdi.
Nadella Microsoft kompaniyasiga 2014 yildan rahbarlik qila boshlagan. Hozirda Microsoft kapitalizatsiyasi 2,5 trln dollardan oshadi. Nadella bosh direktor bo‘lganidan buyon kompaniya narxi 780 foizga oshgan, deya aniqlik kiritadi WSJ.
Mavzuga oid
00:16 / 24.05.2025
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
18:01 / 05.05.2025
Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi
20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
14:18 / 02.03.2025