Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda gulqog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi
Samarqand shahrida qoylashgan gulqog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 5 dekabr kuni soat 11:29 da viloyat FVBga Samarqand shahri Oydin yo‘l ko‘chasi 9A uyda joylashgan "Kafolat Rang Invest" MChJda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra,soat 11:37 da voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 12:06 da qurshab olingan va 13:35 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida, gulqog‘oz ishlab chiqarish korxonasining taxminan 170 metr kvadrat maydonda shifti, tom qismi hamda bino ichidadagi paxta, qog‘oz, dastgoh va boshqa jihozlar yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025