Jamiyat | 18:09 / 18.12.2021
2250
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda ko‘mir koni ishchilariga maoshlari vaqtida to‘lab berilmagani aytildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sharg‘unko‘mir” AJ xodimlariga oylik ish haqlari berilmaganligi aytilgan xabarlar tarqaldi. Mehnat vazirligi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Sharg‘unko‘mir” AJ xodimlariga oylik ish haqlari berilmagani aytilgani yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida, 2021 yil 15 dekabr holatiga ko‘ra, “Sharg‘unko‘mir” AJ rahbariyati tomonidan xodimlarga 2,5 milliard so‘m miqdorida oylik ish haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Sharg‘unko‘mir” AJ rahbariyatiga xodimlarning to‘lanmay qolgan maoshlarini berish bo‘yicha yozma ko‘rsatma kiritilgan. Xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berilgan.

Mavzuga oid