Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada odamlarga COVID-pasportli chiplar o‘rnatila boshlandi
Shvetsiyadagi kompaniyalardan biri odamlar terisi ostiga o‘rnatiluvchi, koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikatlariga ega mikrochiplarni ishlab chiqdi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu texnologiya xavfsiz bo‘lib, zarurat tug‘ilganda chiplarni chiqarib olish mumkin. Chiplarda emlanganlik haqidagi sertifikatlardan tashqari, shartnomalar, oylik yo‘l chiptalari, sportzalga abonement va boshqa kerakli hujjatlarni saqlash ham mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Shvetsiyada bunday chiplarni 6 mingga yaqin odam o‘z terisi ostiga o‘rnatgan.
Implant NFC (Near Field Communications) chipdan iborat. Bunday chiplardagi axborotni raqamli ma’lumotlarni o‘qiy oluvchi istalgan qurilma, misol uchun, NFC’ni qo‘llab-quvvatlovchi smartfon yordamida o‘qish mumkin.
Avvalroq amerikalik biohaker Ben Vorkman o‘z kaftiga unga kundalik hayotida yordam beruvchi bir nechta chip va magnit o‘rnatgani ma’lum qilingandi. Vorkmanning fikricha, shunday yo‘l bilan shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoyalash mumkin, chunki teri ostiga kiritilgan chiplardan ma’lumot o‘g‘irlash “oson ish” bo‘lmaydi.
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask ham o‘zining Neuralink texnologik kompaniyasi 2022 yildan boshlab odamlar miyasiga mikrochiplarni o‘rnata boshlashini ma’lum qilgandi. Bu chiplar tibbiyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan jiddiy jarohatlar va nevrologik buzilishlarni davolashda foydalanish mumkin. Tadbirkorning ta’kidlashicha, chiplar birinchi bo‘lib orqa miyasida og‘ir jarohatlari bor odamlarga o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025