Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oqdaryodagi oshxonada gaz balloni portlashi oqibatida kuygan ayol vafot etdi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan oshxonada gaz balloni portlashi oqibatida kuyish jarohatini olgan ayol vafot etgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Joriy yil 19 dekabr kuni Oqdaryo tumanida joylashgan oshxonada ikkita gaz balloni portlagan. Oqibatda oshxonaning taxminan 40 metr kvadrat maydoni shift qismi va jihozlar yongan. Bundan tashqari 10 kishi turli darajada tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgandi.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, kuyish jarohatlarini olib shifoxonaning jonlantirish bo‘limida yotgan ayol vafot etgan.
Keyinchalik oshxonada suyultirilgan gaz balloni yaxshi yonsin deb cho‘g‘ ustiga qo‘yib yoqilgani taxmin qilingandi.
Ma’lumot uchun, Oqdaryodagi portlash yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:41 / 22.02.2025
Samarqand shahri va bir necha tumanlar chegaralari o‘zgartiriladi
16:11 / 06.02.2025
Samarqandda yana bir haydovchi YPX xodimini mashinasida sudrab ketdi
11:32 / 10.07.2024
Samarqandda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia-3 kanalga qulab oqib ketdi
10:53 / 29.01.2024