O‘zbekiston | 10:45 / 13.01.2022
19026
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish 700dan oshdi

SSV O‘zbekistonda kunlik kasallanishlar soni ortib borayotgani, so‘nggi bir kunda yana 714 kishida koronavirus aniqlangani va 3 bemor kasallik qurboni bo‘lgani haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 12 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 202473 (+714) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Toshkent shahrida kunlik o‘sish 400ga yaqinlashgan, O‘zbekistonda so‘nggi marta kunlik holatlar soni 700dan yuqori bo‘lishi 2021 yil 2 sentyabrida (+736) kuzatilgandi.

So‘nggi 8 kunda kunlik kasallanishlar soni tezlik bilan ko‘paydi:

5 yanvar — 146 ta;
6 yanvar — 251 ta;
7 yanvar — 214 ta;
8 yanvar — 369 ta;
9 yanvar — 389 ta;
10 yanvar — 425 ta;
11 yanvar — 604 ta;
12 yanvar — 714 ta.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 11 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 51 nafari Jizzax viloyatida,
  • 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 9 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 25 nafari Xorazm viloyatida,
  • 109 nafari Toshkent viloyatida,
  • 387 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
  • Andijon viloyatida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Jizzax viloyatida 26 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 1 nafar,
  • Samarqand viloyatida 21 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 13 nafar,
  • Xorazm viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent viloyatida 31 nafar,
  • Toshkent shahrida 68 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197703 (+228) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1508 nafarni tashkil qildi.

«Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi omikron shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.

Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda omikron shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid