O‘zbekiston | 09:24 / 14.01.2022
14888
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya harbiy avtomobil yonib ketgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yonidagi maydonda Milliy gvardiyaning maxsus harbiy mashinasi yonib ketdi. Bu yerda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab harbiy texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi.

Videodan kadr

“Joriy yilning 13 yanvar kuni soat 22:20 larda “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi maydoniga 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar ko‘rgazmasiga olib chiqilgan Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasining salon qismida qisqa tutashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan”, deyiladi Milliy gvardiya xabarida. 

Qayd etilishicha, yong‘in qisqa vaqtda to‘liq bartaraf etilgan. Sodir bo‘lgan hodisa natijasida fuqarolarga jabr yetkazilmagan.

“Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.

Avvalroq, Toshkentda harbiy-vatanparvarlik paradi bo‘lib o‘tgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid