Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asakada 10 ga yaqin daraxt kesilishi ortidan tabiatga 18 million 360 ming so‘m zarar yetkazilgan
Bosh prokuratura axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.
“Asakada 10 ga yaqin ko‘p yillik daraxt kesib yuborilgani holati yuzasidan “Asaka v.l.” xususiy korxona rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bo‘yicha to‘plangan ma’muriy javobgarlikka oid ish hujjatlari sudga yuborildi”, – deyiladi prokuratura xabarida.
Qayd etilishicha, ushbu holatda tabiatga 18 mln 360 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2025
Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi
23:42 / 19.03.2025
Andijonda «Zil» yuk mashinasi yonib ketdi
07:25 / 20.04.2024
Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
09:56 / 05.03.2024