Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda moliyaviy piramida tashkil qilib, 231 kishining pulini o‘zlashtirgan shaxslarga hukm o‘qildi
Ular 231 nafar fuqaroning 13,7 milliard so‘m pulini o‘zlashtirgani aniqlangan.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi axborot xizmatining xabar berishicha, Sh.A. ismli fuqaro va uning sheriklari moliyaviy piramida tashkil qilib, 231 nafar fuqaroning 13 milliard 700 million so‘m pulini o‘zlashtirgan.
«Xususan, fuqaro Sh.A. va uning jinoiy sheriklari o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, muayyan pul mablag‘iga ega bo‘lgan sodda mijozlarni topib, yuridik manzilga ega bo‘lmagan Nasdaq Unique Finance nomli xorijiy kompaniyaga 1 000 dollar sarmoya kiritib, mashhur kompaniyalar aksiyalarini sotib olish orqali oyiga 6 foizdan daromad olishlariga ishontirishib, 231 nafar fuqaroning 13,7 milliard so‘m pulini o‘zlashtirgani fosh etildi. Sudda ushbu shaxslarning jinoiy qilmishlari ko‘rib chiqilib, aybdorlarga qonunda belgilangan jazo choralari qo‘llandi», — deyiladi xabarda.
Viloyat prokuraturasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, sud hukmiga ko‘ra moliyaviy piramida tashkil etib, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirgan Sh.A. 10 yil, uning sheriklari T.R. 10 yil, M.R. va U.H. esa 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga oid
18:10 / 19.05.2025
Uslub eski, vazifa yangi: O‘zbekistonda minglab odamlar navbatdagi moliyaviy piramida qurboni bo‘ldi
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
10:51 / 11.02.2025