Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi o‘zbekistonliklar Rossiyada 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmay yashashi mumkin
Endilikda o‘zbekistonliklar Rossiya hududida 7 kun emas, 15 kungacha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmay bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, bu bo‘yicha o‘tgan yil imzolangan ikki tomonlama kelishuv kuchga kirgan. Kelishuvga ko‘ra o‘zbekistonliklar Rossiyada turar joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmay turib 15 kungacha bo‘lishi mumkin. Oldingi kelishuvlarga ko‘ra bu muddat 7 kunni tashkil etgan.
O‘z navbatida Rossiya fuqarolarining ham O‘zbekistonda turar joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmay bo‘lish muddati 3 kundan 15 kungacha uzaytirildi. Vaqtinchalik bo‘lish muddati har ikki mamlakat chegara nazorat organlari tasdiqlagan kundan boshlab hisoblanadi. Tashqi ishlar vazirligi har ikki davlat fuqarolariga bo‘lib turgan davlatlari qonunchiligiga rioya qilishni va vakolatli organlarda o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qilgan.
Ma’lumot uchun, 2022 yil fevral oyining oxiridan buyon Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga kelishi keskin ko‘paygan. O‘zbekistonliklar esa Rossiyada mehnat qiluvchi muhojirlarning aksar qismini tashkil etali.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025