Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi YeOII ustuvor loyihalari ro‘yxatiga kiritildi
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi loyihasi ustuvor integratsiya infratuzilma loyihalari ro‘yxatiga kiritildi.
Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.
Yig‘ilishda Yevrosiyo hukumatlararo kengashining «YeOIIga a’zo davlatlarning transport sohasida ustuvor integratsiya infratuzilma loyihalari ro‘yxati to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ma’qullandi.
Ushbu ro‘yxatga 2 ta loyiha kiritilgan: «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi va «Lugovaya – Baliqchi» temiryo‘li uchastkasini elektrlashtirish.
Joriy yilning 8 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Suhbat chog‘ida tomonlar «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishini muhokama qildi.

2021 yil oktyabr oyida Qirg‘iziston o‘z tomonidan temiryo‘li qurilishi bo‘yicha barcha loyiha ishlarini yakunlagani ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan yozda ekspertlar O‘zbekiston temiryo‘li tranzitidan 600 million dollargacha daromad olishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Avvalroq, shuningdek, «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi «Torugart - Makmal - Jalolobod» yo‘nalishi bo‘ylab o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi.
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi kuzda boshlanishi mumkin.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
12:35 / 25.04.2025