O‘zbekiston | 15:40 / 02.08.2022
3023
1 daqiqa o‘qiladi

6 oyda temiryo‘lda yuk va yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq qariyb 10 mingta kamchilik aniqlandi

6 oy davomida 304 ta temiryo‘l, 113 ta lokomotiv, 941 ta yuk va yo‘lovchi vagoni nosozligi yoki foydalanish muddati o‘tgani aniqlandi.

O‘tgan 6 oyda temiryo‘lda yuk va yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq 9837 ta kamchilik aniqlangan, ularning 4452 tasi xavfsizlikka tahdid soluvchi bo‘lgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘ztemiryo‘lnazorat» inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlariga taqiqlovchi choralarni belgilovchi 104 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan. 

2022 yilning 6 oyi davomida jami 304 ta temiryo‘l, 113 ta lokomotiv, 941 ta yuk va yo‘lovchi vagoni nosozligi yoki foydalanish muddati o‘tgani aniqlanib, foydalanishdan to‘xtatilgan.

Mavzuga oid