Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi texnik-iqtisodiy asosini tayyorlamoqda
Qirg‘iziston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi uchun texnik-iqtisodiy asos (TIA)ni tayyorlashga kirishdi.
Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyev Xitoy temiryo‘l qurilish korporatsiyasining katta muhandis Geng Jun boshchiligidagi Birinchi loyiha-qidiruv instituti vakillari bilan uchrashdi, deb yozadi 24.kg.
Nashrning yozishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar temiryo‘l qurilishida hamkorlikni kuchaytirish zarurligini qayd etgan. Xususan, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Temiryo‘l qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuv mavjud.
«Qirg‘iziston rahbariyati loyihani tezroq amalga oshirishni maqsad qilgan. XXR loyiha institutidan 80 nafar mutaxassis Qirg‘izistonga yetib keldi va hozirda texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlamoqda», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025