Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston: yangi transport yo‘lagi masalasi muhokama qilindi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruvi raisi tashabbusi bilan Qirg‘iziston va Afg‘oniston temir yo‘llari rahbarlari bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston yangi koridorini tashkil etish va ushbu yo‘lak bo‘ylab yuk tashish uchun o‘zaro manfaatli shart-sharoitlar yaratish, raqobatbardosh tariflarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Koridor orqali yuklarni Xitoyning Qashqar temiryo‘l stansiyasidan Qirg‘izistondagi O‘sh temiryo‘l stansiyasiga, O‘sh stansiyasidan Afg‘onistondagi Xayraton stansiyasiga temiryo‘l orqali tashish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar yillik yuk tashish hajmi 3500 konteynerni tashkil etadi va kelajakda yiliga 60 mingtagacha konteyner tashish mo‘ljallanmoqda.
Raqobatbardosh tarif siyosatini hisobga olgan holda, tomonlar kelajakda tarif chegirmalari masalasini muhokama qilishga va keyingi uchrashuvda tarif stavkalarini taqdim etishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
12:35 / 25.04.2025