Jahon | 20:51 / 17.12.2022
11403
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada o‘g‘irlangan «Yashil ombor» xazinasining bir qismi topildi 

Ushbu o‘g‘rilik Germaniyaning urushdan keyingi tarixidagi eng kattasi edi. 

Foto: focus.de

Germaniya huquq-tartibot idoralari 2019 yilda Drezdenda o‘g‘irlab ketilgan «Yashil ombor» xazinasining bir qismini topishga muvaffaq bo‘lishdi.  

Drezden va Saksoniya huquq-tartibot idoralari xodimlari shanbaga o‘tar kechasi Berlinda 31 ta buyum, jumladan, bir nechta brilliant bezaklarni topgan. 

2019 yil 25 yanvar kuni Drezdendagi mashhur «Yashil ombor» xazinasi o‘g‘irlab ketilgan, zarar 1 milliard yevroni tashkil etgan edi.  

Jinoyatchilar binodagi elektr quvvatini o‘chirib, deraza orqali kirib, noyob taqinchoqlarni olib ketishgan. Qaroqchilar jinoyat joyini tezda tark etishgan. Ular qimmatbaho vazalar va rasmlarga tegmasdan, faqat 4300 ta brilliant o‘rnatilgan zargarlik buyumlarini olishgan. O‘g‘rilik Germaniyaning urushdan keyingi tarixidagi eng kattasi sifatida qayd etilgan edi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid