Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 21 dekabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.


Davlat rahbarlari bir-birlarini samimiy qutlab, qisqa suhbat o‘tkazdi. Shundan so‘ng Qozog‘iston yetakchisi «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, an’anaga ko‘ra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi, deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025