Jahon | 09:33 / 02.02.2023
7699
1 daqiqa o‘qiladi

Vena podstansiyalarni qayta tiklash uchun Kiyevga pul beradi

Avstriya Ukrainaga transformator podstansiyalarini qayta tiklash uchun 5 million yevro beradi, dedi prezident Aleksandr Van der Bellen Kiyevda Volodimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida, deya xabar berdi «Interfaks-Ukraina». 

Foto: NYT

O‘z navbatida, Ukraina rahbari avstriyalik tadbirkorlarni Rossiya bilan tajovuzkor davlat sifatida hamkorlikdan voz kechib, o‘rniga Ukraina bilan ishlashni boshlashga chaqirdi. 

«Biz bu biznesning Ukrainaga ishlashga ko‘chib kelishidan juda manfaatdormiz. Biz bu masalani tizim darajasida muhokama qilmoqchimiz», - dedi Zelenskiy.

Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel blok yetakchilarini Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 300 milliard dollarlik (275 milliard yevro) aktivlarini Ukrainani qayta tiklash uchun ishlatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga chaqirgandi. 

Mishel daromad olish uchun aktivlardan foydalanish g‘oyasini o‘rganishni taklif qilmoqda, keyinchalik ular Kiyevga yuborilishi mumkin. Siyosatchining fikricha, bu «adolat va halollik masalasi», uni «huquqiy tamoyillar asosida» hal qilish kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid